10.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Real Madrid va Inter Miami PSGdan Jahon klublari kubogida mag’lub bo’ldi

Real Madrid va Inter Miami PSGdan Jahon klublari kubogida mag’lub bo’ldi

Paris Sen-Jermen (PSG) AQShda o’tkazilayotgan 2025-yilgi FIFA Jahon klublari kubogida — ikkita yirik jamoani bir xil hisobda mag’lub etib, ustun o’yin ko’rsatdi.

Yarim finalda PSG MetLife stadionida Real Madridni 4:0 hisobida mag’lub etdi. Luis Enrike jamoasi, ayniqsa birinchi taymda to’liq ustunlikka erishdi. Fabian Ruis 6 va 24-daqiqalarda ikki gol urdi, Usman Dembele va Gonsalu Ramus esa 9 va 87-daqiqalarda gol kiritishdi.

Undan oldin 1/8 finalda PSG Inter Miamini xuddi shunday hisobda mag’lub etgandi. Les Parisyen Joau Nevish (6 va 39-daqiqa), Tomas Aviles (44-daqiqa) va Ashraf Hakimi (45+3-daqiqa) gollari evaziga g’alaba qozondi.

Ikkala jamoaning bir xil mag’lubiyati X ijtimoiy tarmog’ida qizg’in muhokamaga sabab bo’ldi — muxlislar Real Madrid va Inter Miamining PSG ustunligi oldidagi mag’lubiyatlarini taqqoslashdi.