10.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

“Real Madrid” rahbariyati “PSJ”dan uchralgan mag’lubiyatdan so’ng futbolchilar bilan jiddiy gaplashmoqchi – Marca

“Real Madrid” rahbariyati “PSJ”dan uchralgan mag’lubiyatdan so’ng futbolchilar bilan jiddiy gaplashmoqchi – Marca

Yaqin kunlarda “Real Madrid” rahbariyati jamoaning ba’zi futbolchilari bilan gaplashish niyatida. 9-iyul, chorshanba kuni “qaymoqranglilar” klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalida “PSJ”ga qarshi o‘yinda (0:4) yirik mag‘lubiyatga uchradi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Manbaga ko’ra, ispan grandi bosslari futbolchilarning intilishlari haqida bilishni va ularning “Qirollik klubi”ga bo’lgan sadoqatini tushunishni istamoqda. “Real” rahbariyati “qaymoqranglilar”ning o’yin darajasidan qoniqmayapti. Klub rahbariyatini ayniqsa qanot himoyachisi Vinisius Juniorning hozirgi holati tashvishga solmoqda, ularning fikricha, u o’zining eng yaxshi formasidan yiroq.

Takidlanishicha, «Real» ham vinger Rodrigo Goesning jamoadagi kelajagi borasida bir qarorga kelgan, chunki bosh murabbiy Xabi Alonso unga ishonsh bildirmayapti.