10.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Real Madrid PSJ oldida Xabi Alonso ko’rsatmalarini bajara olmadi

Real Madrid PSJ oldida Xabi Alonso ko’rsatmalarini bajara olmadi

Tibua Kurtua MetLife stadionida o’tkazilgan 2025-yilgi Klub jahon kubogi yarim finalida Real Madridning Pari Sen-Jermen (PSJ)dan og’ir mag’lubiyatga uchrashi sababini ma’lum qildi.

Tongi soatlarda o’tkazilgan o’yin 0:4 hisobi bilan yakunlandi — PSJ birinchi taymdan boshlab o’yinda ustunlik qildi.

Luis Enrike jamoasi to’rtta gol urdi:

  • Fabian Ruis (6 va 24-daqiqalar)
  • Usmon Dembele (9-daqiqa)
  • Gonsalu Ramush (87-daqiqa)

“Biz Xabi Alonsoning rejasini bajara olmadik. Doim kechikib qoldik,” deya DAZN bilan suhbatda aytdi Kurtua.

Belgiyalik darvozabon jamoaviy pressing amalga oshirilmagani Madrid himoyasining oson yorib o’tilishiga olib kelganini ta’kidladi.