25.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Real Madrid Manchester Sitidan Oltin To’p sohibini sotib olishdan voz kechdi

Real Madrid Manchester Sitidan Oltin To’p sohibini sotib olishdan voz kechdi

Real Madrid Manchester Sitining yarim himoyachisi, o’tgan yilgi Oltin To’p sovrindori Rodrini sotib olish rejasidan voz kechdi.

Los Blancos ikki asosiy o’yinchisi — o’tgan yili nafaqaga chiqqan Toni Kross va yozda shartnomasi tugagan Luka Modrichning ketishidan so’ng yarim himoya chizig’ini kuchaytirmoqchi edi.

Krossning ketishi Madridga sezilarli ta’sir ko’rsatdi — Karlo Anchelotti jamoasi o’tgan mavsumda birorta ham unvonni qo’lga kirita olmadi. Siti bilan ikki yillik shartnomasi qolgan Rodri bu bo’shliqni to’ldirish uchun asosiy nomzod edi.

29 yoshli yarim himoyachining o’yin uslubi Madrid uchun mos kelishiga qaramay, Ispaniya poytaxt klubi endi futbolchini Santiago Bernabeuga olib kelish rejasidan voz kechishga qaror qildi.

-->