06.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Real Madrid Klublar jahon kubogi uchun yangi uy formasi taqdim etdi

Real Madrid Klublar jahon kubogi uchun yangi uy formasi taqdim etdi

Real Madrid 18 iyunda bo’lib o’tadigan Klublar jahon kubogi doirasida Al Hilolga qarshi o’yinda debyut qiladigan yangi uy formasini taqdim etdi.

Klubning an’anaviy oq formasida yeng va yelka qismida qora chiziqlar — ko’krak qismida esa oltin rang bezaklar mavjud. Markaziy qismidagi noyob nuqtali naqsh avvalgi formadagi rombsimon naqshni almashtirgan.

Naqsh mashhur Santiago Bernabeu stadioni arxitekturasidan ilhom olingan — eski va yangi stadionning tekstura va chiziqlarini aks ettiradi. Dizayn 2009-10 va 2015-16 mavsumlarida kiyilgan formalar bilan o’xshash.

-->