10.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Real Madrid Jahon klub chempionatidan so’ng ikki tajribali o’yinchisidan ayrildi

Real Madrid Jahon klub chempionatidan so’ng ikki tajribali o’yinchisidan ayrildi

Real Madrid MetLife stadionida o’tkazilgan 2025-yilgi FIFA Jahon klub chempionati yarim final o’yinida Paris Sen-Jermendan 0-4 hisobida mag’lubiyatga uchradi.

Xabi Alonso jamoasi PSJ hujumlariga qarshi tura olmadi — Fabian Ruis ikkita, Usman Dembele va Gonsalu Ramush bittadan gol urishdi.

Bu mag’lubiyat “Qirollik klubi” uchun yanada jiddiyroq oqibatlarga olib keldi — ikki tajribali futbolchi jamoani tark etishi aniq bo’ldi. Luka Modrich va Lukas Vaskes shartnomalar muddati yozda tugashi sababli Santiago Bernabeu bilan xayrlashadi.