31.05.2025
O'qish vaqti: 1 min

Real Madrid dunyoning eng qimmat futbol klubi mavqeini saqlab qoldi

Real Madrid dunyoning eng qimmat futbol klubi mavqeini saqlab qoldi

Forbes hisobotiga ko’ra, Real Madrid qiymati 6,75 milliard dollar bilan dunyoning eng qimmat futbol klubi mavqeini saqlab qoldi. Madridliklar bu unvonni to’rtinchi yil ketma-ket egallab kelmoqda.

Los Blankos bir yil ichida bir milliard dollardan ortiq daromad olgan birinchi futbol klubi sifatida tarixdan o’rin oldi. 2023-24 mavsumida rekord darajadagi 1,13 milliard dollar daromad olgandi.

Manchester Yunayted 6,6 milliard dollar bilan ikkinchi o’rinda, Barselona 5,65 milliard dollar bilan uchinchi o’rinda turubdi. Liverpul va Manchester Siti ro’yxatning beshtaligini yakunlaydi.

Ingliz Premier-ligasining ustunligi eng kuchli o’ntalikda oltita jamoaning borligida ko’rinadi — Arsenal, Tottenhem Hotspur va Chelsi, Bavariуa va Pari Sen-Jermendan keyin qo’shildi. Eng kuchli 30 ta klubning umumiy qiymati 72 milliard dollarga yetdi, o’rtacha har bir klub uchun 2,4 milliard dollarni tashkil etadi.

-->