11.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Real Madrid argentinalik yosh iste’dodi Franko Mastantunoni taqdimotiga tayyor

Real Madrid argentinalik yosh iste’dodi Franko Mastantunoni taqdimotiga tayyor

Real Madrid River Pleytdan yangi transferi — Franko Mastantuono uchun taqdimot sanasini belgiladi.

Ispaniya poytaxt klubi argentinalik yosh iste’dodni 45 million yevro — uning ozod etish bandiga teng bo’lgan transfer to’lovi evaziga o’z safiga qo’shib oldi.

Atigi 17 yoshli Mastantuono 2024-2025 mavsumida River Pleyt safida turli musobaqalarda 22 ta o’yinda 7 ta gol urib o’z qobiliyatini namoyish etdi.

Los Blancos iste’dodli futbolchi bilan 2031 yil iyungacha — 6 yillik shartnoma imzoladi.