11.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Real Madrid Alvaro Karreras transferiga rozi, Manchester Yunayted ruxsatini kutmoqda

Real Madrid Alvaro Karreras transferiga rozi, Manchester Yunayted ruxsatini kutmoqda

Fabrizio Romanoning ma’lumotiga ko’ra, Real Madrid Benfika bilan Alvaro Karrerasni 50 million yevroga (taxminan 580 milliard so’m) sotib olish bo’yicha kelishuvga erishdi.

Ushbu transfer kelishuvi o’ziga xos to’lov tizimiga ega — Benfika Madridga to’lovlarni bo’lib-bo’lib amalga oshirish imkoniyatini berdi, ilgari esa to’liq to’lovni darhol amalga oshirish talab qilingan.

Ikki klub o’rtasida kelishuv bo’lishiga qaramay, Karrerasning Santiago Bernabeuga o’tishi hali yakunlanmagan — transfer jarayoni Manchester Yunaytedning roziligini kutmoqda.