25.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Real Madrid 2-turda Mbappening dubli va Vinisiusning goli evaziga La Liganing yangi a’zosi Ovyedoni mag’lub etdi

Real Madrid 2-turda Mbappening dubli va Vinisiusning goli evaziga La Liganing yangi a’zosi Ovyedoni mag’lub etdi

Ispaniya La ligasining 2-turidan o’rin olgan “Ovyedo” – “Real Madrid” uchrashuvi yakunlandi. Jamoalar Ovyedo shahridagi “Nuevo Karlos Tartiere” stadionida o‘ynashdi. Uchrashuvning bosh hakami sifatida bilbaolik De Burgos Bengoechea ishladi. Poytaxt klubi futbolchilari 3:0 hisobida zafar quchdi.
O’yindagi birinchi gol 37-daqiqada kiritildi. “Real” hujumchisi Kilian Mbappe gol urdi. 83-daqiqada Mbappe dublga erishdi. 90+3-daqiqada braziliyalik Vinisius Junior “Los Blankos” foydasiga uchinchi golni kiritdi.

Ispaniya chempionatining 1-turida “Ovyedo” safarda “Vilyarreal”ga imkoniyatni boy berdi. La ligaga yangi kelganlar 0:2 hisobida mag’lub bo’lishdi. “Real Madrid” 2025/2026 yilgi mavsumni “Osasuna” ustidan qozonilgan g’alaba bilan boshladi. Qirollik klubi 1:0 hisobida zafar quchdi. La Liga turnir jadvalida birinchi o’rinni ikki turda olti ochko jamg’argan “Barselona” egallab turibdi.