07.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Qaysi klublar Mario Balotellini sotib olishi mumkinligi malum bo’ldi

Qaysi klublar Mario Balotellini sotib olishi mumkinligi malum bo’ldi

Italiyalik hujumchi Mario Balotelli faoliyatini MLS yoki Liga MXda davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi talkSPORT.

“Jenoa” bilan shartnomasi tugaganidan keyin forvard erkin agent hisoblanadi va faoliyatini yakunlamoqchi emas. Manbaga ko’ra, forvardni sotib olish variantini Meksikaning “Krus Azul” klubi ko’rib chiqmoqda, u futbolchiga 2024 yilning dekabrida murojaat qilgan edi.

Hujumchiga amerikalik Los-Anjeles ham qiziqish bildirmoqda, Olivye Jiru ketganidan keyin hujumni kuchaytirish uchun bir nechta variantni ko’rib chiqmoqda. 34 yoshli Balotelli oktabr oyi oxirida “Jenoa”ga erkin agent sifatida kelib qo’shilgan edi. Bu davrda futbolchi A Seriyaning oltita uchrashuvida qatnashib, 56 daqiqani maydonda o’tkazib, gol urmagan.

Transfermarkt internet portali Balotellining bozor narxini 500 000 yevroga baholagan.