26.08.2025
O'qish vaqti: 2 min

Qayrat – Seltik: Chempionlar ligasi yo‘lidagi hal qiluvchi bahs oldidan Brendan Rojers o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi

Qayrat – Seltik: Chempionlar ligasi yo‘lidagi hal qiluvchi bahs oldidan Brendan Rojers o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi

Bugun Olmaotada bo‘lib o‘tadigan Qayrat – Seltik uchrashuvi ikkala jamoa uchun ham Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqish yo‘lidagi hal qiluvchi o‘yin bo‘ladi. O‘yindan avval shotlandiyaliklar bosh murabbiyi Brendan Rojers matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.

Savollardan biri Parimatch News muhbiri tomonidan berildi va u jamoalarning jismoniy tayyorgarlik darajasi haqida bo‘ldi. Ma’lumki, Shotlandiya chempionati endigina boshlangan bo‘lsa, Qozog‘iston birinchiligi yakuniga yetib qolgan. Shunday sharoitda qaysi jamoa jismoniy tayyorgarlikda ustunlikka ega bo‘lishi mumkin?

“Biz avval ham shunga o‘xshash vaziyatlarga duch kelganmiz. Mavsum o‘rtasida yoki deyarli yakunlagan jamoalar bilan o‘ynaganmiz, lekin baribir bu uchrashuvlarda g’alaba qozonganmiz. Albatta, bu Qayratga qo‘l kelishi va foyda keltirishi mumkin, chunki ular yaxshi jismoniy holatda. Biroq biz ham yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan bosqichdamiz, shuning uchun o‘yinlarda bunga tayanamiz. Biz buni jismoniy kuch bilan birgalikda qo‘llashimiz kerak va umid qilamanki, o‘yinchilar ertaga a’lo darajada harakat qilishadi va o’zlarini ko’rsatishadi” — dedi Brendan Rojers Parimatch News muxbiriga.

Endi barcha e’tibor bugungi kechqurun bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi uchrashuvga qaratiladi — qaysi jamoa Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqadi, tez orada ma’lum bo‘ladi. O’yin, Toshknt vaqti bilan 21:45 da start oladi!