09.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Paula Badosa 2025 yilgi US Open turniridan chiqdi

Paula Badosa 2025 yilgi US Open turniridan chiqdi

Dunyoning 12-raketkasi, 27 yoshli ispaniyalik tennischi Paula Badosa US Open-2025 turniridan chiqdi. Yakkalik bahslarining asosiy to’r bahslarida uning o’rnini WTA reytingida 83-o’rinni egallab turgan Shveytsariya vakili Gil Belen Teyxman egallaydi.

Paula Badosa US Open 2024 turnirida chorak finalga chiqqani uchun 430 reyting ochkosidan mahrum bo’ladi.

Avvalroq, Badosa bel jarohati tufayli Vashingtondagi WTA-500 og’ir turniri hamda Monreal va Sinsinnatidagi “ming” turnirlarini tark etgandi. Ispaniyalik tennischi oxirgi marta 30 iyun kuni kortga chiqqan edi. Uimbldon-2025 turnirining ochilish uchrashuvida u britaniyalik Keti Boulterga 2:6, 6:3, 4:6 hisobida imkoniyatni boy bergandi.