21.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Pol Pogba Manchester Yunaytedning Rashfordni Barselonaga o’tkazish qarorini tanqid qildi

Pol Pogba Manchester Yunaytedning Rashfordni Barselonaga o’tkazish qarorini tanqid qildi

IShowSpeed Youtube efirida Pol Pogba Markus Rashfordning yozgi transfer oynasida Manchester Yunayteddan Barselonaga ijaraga o’tishi rejalari haqida fikr bildirdi.

“Manchester Yunayted Rashford kabi futbolchini qo’yib yuborish bilan katta yo’qotishga uchraydi. Barselona bu kelishuvdan katta foyda oladi,” deya ta’kidladi Pogba.

Hozirda AS Monako safida to’p suruvchi Manchester Yunaytedning sobiq yarim himoyachisi — Old Traffordda Rashford bilan olti mavsumni birga o’tkazgan. Pogba ingliz hujumchisi Kataloniya klubi uchun ajoyib transfer bo’lishiga ishonch bildirdi.

Garchi rasman tasdiqlanmagan bo’lsa-da — Rashfordning Barselonaga o’tishi yaqin kunlarda amalga oshishi kutilmoqda.

-->