06.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

O’zbekiston 2026 yilgi Jahon chempionatiga chiqib tarix yozdi

O’zbekiston 2026 yilgi Jahon chempionatiga chiqib tarix yozdi

O’zbekiston milliy jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga chiqish orqali mamlakat futboli tarixida ilk bor bunday yutuqqa erishdi.

Timur Kapadzening shogirdlari Abu-Dabidagi Al Nahyan stadionida BAA bilan 0:0 hisobida durang o’ynab, final bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

2026 yilgi Jahon chempionati Osiyo mintaqasi uchinchi bosqich A guruhi to’qqizinchi turida Oq bo’rilarga Eron bilan birga to’g’ridan-to’g’ri yo’llanmani olish uchun bir ochko kerak edi va bu maqsadga durang hisobida erishildi.

Shu bilan birga, g’alaba orqali chiqish imkoniyatini saqlab qolishi kerak bo’lgan mezbon BAA jamoasi Xusanov jamoasining mustahkam himoyasini yorib o’ta olmadi.

-->