10.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Nyukasl Isakga uni yozda sotmasliklarini aytgan va bu futbolchining keskin munosabatiga sabab bo’lgan

Nyukasl Isakga uni yozda sotmasliklarini aytgan va bu futbolchining keskin munosabatiga sabab bo’lgan

«Nyukasl Yunayted» klubi hujumchi Aleksandr Isakga klub uni yozda sotmasligini aytdi, deb yozadi The Telegraph.

Manba bergan xabarga ko’ra, “qarg’alar”ning qarori o’yinchining keskin munosabatiga sabab bo’lgan, chunki Isak “bunni munosib qabul qilishdan bosh tortgan”. Shundan so’ng jamoa bosh murabbiyi Eddi Xou futbolchini jamoadan alohida mashg’ulotlarga jo’natgan.

Shuningdek, Isak transfer rad etilgani bilan kelishmagunicha, u klubda o’ynamasligi aytilmoqda. “Nyukasl” hatto transfer oynasi yopilguniga qadar yangi hujumchi sotib olgan taqdirda ham Isakni jamoada saqlab qolish borasidagi pozitsiyasini o’zgartirmaydi.

Avvalroq futbolchiga “Liverpul” qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.