18.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Nottingem Renn to’purari Arno Kalimuendo bilan shartnoma imzoladi

Nottingem Renn to’purari Arno Kalimuendo bilan shartnoma imzoladi

“Nottingem Forest” “Renn”dan hujumchi Arno Kalimuendo bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. 23 yoshli hujumchi ingliz klubi bilan 2030 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.

“Nottingemdan qiziqish haqida eshitganimda, xursand bo’ldim. O’tgan yilgi mavsumni kuchli o’tkazgan, boy tarixga ega klubga qo’shilganim men uchun g’ururli lahzadir. Men qiyinchilikka tayyorman va bu erga yaxshi tajriba bilan keldim. O’tgan yilgi mavsumni yaxshi o’tkazdim, gollar urdim va golli uzatmalarni amalga oshirdim, lekin men ko’proq narsani qilishni va ishlarni keyingi bosqichga olib chiqishni xohlayman”, – deydi Kalimendoning so’zlariga ko’ra.

O’tgan mavsumda Arno Liga 1ning 33ta o’yinida 17ta gol urib, 3ta golli uzatmani amalga oshirgan “Renn”ning eng yaxshi to’purari bo’lgandi. Hujumchi uch mavsumni frantsuz klubida o’tkazdi. Bu vaqt ichida Kalimuendo 112 uchrashuvda ishtirok etib, 40 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.