16.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Napoli Darwin Nunezni kutishdan voz kechib, Udinese hujumchisini tanladi

Napoli Darwin Nunezni kutishdan voz kechib, Udinese hujumchisini tanladi

Fabrizio Romanoning ma’lum qilishicha, Napoli yozgi transfer oynasida Darwin Nunezni kutishdan voz kechish qarorini qabul qildi — Udinesedan yangi nomzodga e’tibor qaratdi.

O’tgan mavsumning Seriya A chempioni Udinese bilan Lorenzo Lucca transferi bo’yicha kelishuvga erishdi, dastlabki 9 million yevroli ijara va keyingi mavsumda 26 million yevroli majburiy sotib olish bandi bilan.

Antonio Contening jamoasi avvalroq Nunez bilan muzokaralar olib borgan va Liverpool hujumchisi bilan shaxsiy kelishuvga erishgan edi — ammo ikki klub o’rtasidagi narx farqi transferning amalga oshishiga to’sqinlik qildi.