08.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Naomi Osaka nima uchun Mbokoni Monreal chempionligi bilan tabriklamaganini tushuntirdi

Naomi Osaka nima uchun Mbokoni Monreal chempionligi bilan tabriklamaganini tushuntirdi

Yaponiyalik tennischi, dunyoning 49-raketkasi Naomi Osaka Monrealda (Kanada) bo’lib o’tgan WTA-1000 turniri finalidan so’ng nega raqibini tabriklamaganini tushuntirdi. Chempionlik uchun kechgan bahsda Osakani Kanada vakili Viktoriya Mboko mag’lub etdi. Uchrashuv 6:2, 4:6, 1:6 hisobida yakunlandi.

“Bugun ertalab finalga chiqqanimdan juda xursand bo’ldim. Nega his-tuyg’ularim tez o’zgarganini bilmayman. Lekin bu bosqichga yetganimdan juda xursandman. Viktoriya ajoyib o’ynadi, men uni kortda tabriklashni ham unutib qo’ydim. U ajoyib o‘ynadi”, dedi Osaka matbuot anjumanida.

Dunyoning 85-raqamli 18 yoshli Mboko faoliyatidagi ilk unvonini qo‘lga kiritdi. U turnirga wild card sifatida kirdi. Ilgari sportchi hech qachon WTA turnirlarining finaliga ham chiqmagan edi.