24.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Myunxenning “Bavariya klubi Manchester Yunaytedning ikki futbolchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin – Sky Sport Germany

Myunxenning “Bavariya klubi Manchester Yunaytedning ikki futbolchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin  – Sky Sport Germany

“Bavariya” “Manchester Yunayted”ning ikki futbolchisi: hujumchi Rasmus Xoylund va vinger Jeydon Sancho bilan shartnoma imzolash imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda Sky Sport Germany nashriga tayanib Mirror xabar berdi.

Manbaga ko’ra, “qizil iblislar” bosh murabbiyi Ruben Amorim nomi tilga olingan futbolchilarning jamoani tark etishini istamoqda.

O’tgan mavsumda Sancho “Chelsi”da ijara asosida o’ynadi. U barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda qatnashib, 5 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Xojlund barcha musobaqalarda 52 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.