02.09.2025
O'qish vaqti: 1 min

Muzetti raqibini yanchib tashladi

Muzetti raqibini yanchib tashladi

AQSh ochiq chempionatining to‘qqizinchi o‘yin kunida muhim voqea sodir bo‘ldi: turnirning 10-raqamli ishtirokchisi, italiyalik Lorenso Muzetti ispaniyalik Xaume Munarni 6:3, 6:0, 6:1 hisobida mag‘lub etib, o‘z faoliyatida ilk bor ushbu musobaqaning chorak finaliga yo‘l oldi.

Muzetti o‘yinni boshidan oxirigacha nazorat qildi. Birinchi partiya nisbatan teng kuchlar kurashida o‘tdi, biroq ikkinchi setdan boshlab u raqibiga javob berish uchun hech qanday imkoniyat qoldirmay, ishonchli ustunlikni qo‘lga oldi. Yakunlovchi set esa to‘liq hukmronlik namoyishi bo‘ldi: Munar kortda deyarli ko‘rinmay qoldi.

Bu natija 23 yoshli sportchining faoliyatidagi muhim bosqich bo‘ldi: Musetti ilk bor “Katta Dbulg’a” hard qoplamli kortlarida chorak finalga chiqdi. Bu uning yil boshidagi beqaror chiqishlaridan so‘ng ishonchli taraqqiyotini tasdiqlaydi. Uning keyingi raqibi Yannik Sinner yoki Aleksandr Bublik bo‘lib, ular o‘rtasidagi bellashuv g‘olibi aniqlanadi. Bu esa italiyalik sportchining yanada oldinga siljishi borasidagi qiziqishni yanada oshiradi.