27.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Mourinyo Fenerbaxche rahbariyatini tanqid qildi

Mourinyo Fenerbaxche rahbariyatini tanqid qildi
Portugaliyalik Joze Mourinyoga “Fenerbaxche” transfer oynasida faol bo’lmagani yoqmadi va u jamoa rahbariyatini tanhid qildi.

“Agar Chempionlar ligasi mening klubim uchun juda muhim bo’lganida, u bizning “Feyenoord” va “Benfika” bilan o’yinlarimiz orasida biror narsa qilgan bo’lardi. Biz “Benfika” bilan “Feyenoord”ga qarshi bahsdagi tarkib bilan o’ynaymiz.

Fikrimcha, klub bu o’yinlar oldidan jamoani kuchaytirmadi”, – dedi “Fenerbaxche” bosh murabbiyi Sport TV efirida.

Eslatib o’tamiz, Turkiyada kechgan “Fenerbaxche” – “Benfika” bahsida hisob ochilmagan edi. Bugun tunda ushbu jamoalar o’rtasida javob o’yini Lissabon shahrida o’tadi.