07.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Mourinyo boshchiligidagi Fenerbaxche Chempionlar ligasi saralashida uchta o’yindan beri g’alaba qozona olmayapti

Mourinyo boshchiligidagi Fenerbaxche Chempionlar ligasi saralashida uchta o’yindan beri g’alaba qozona olmayapti

Joze Mourinyo boshchiligidagi Turkiyaning “Fenerbaxche” jamoasi Chempionlar ligasi saralash bosqichida 3 ta o‘yinda g‘alaba qozona olmadi.

Umumiy hisobda portugaliyalik boshchiligida istanbulliklar saralashning beshta o’yinida qatnashdi. 2024-yilda 2-saralash bosqichida Luganoni ikki marta (4:3 va 2:1) mag‘lub etgan bo‘lsa, keyingi bosqichda Fransiyaning “Lill” jamoasiga (1:2, 1:1) imkoniyatni boy bergandi.

Bir kun avval, 6 avgust kuni “Fenerbaxche” “Feyenoord”ga imkoniyatni boy berdi (1:2). Uchrashuv “Feyenoord” stadionida (Rotterdam, Niderlandiya) bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning bosh hakami sifatida Glenn Nyberg (Shvetsiya) ishladi. Bu jamoalarning javob uchrashuvi 12-avgust, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.