10.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Modrich “Milan” bilan bir yillik shartnoma imzoladi – Romano

Modrich “Milan” bilan bir yillik shartnoma imzoladi – Romano

Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich Italiyaning “Milan” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter) xabar berdi.

39 yoshli Luka Modrich shartnomasi tugaganidan so’ng “Real”ni tark etdi. Kecha, 9-iyul kuni Madridning “Real” klubi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalida Fransiyaning “PSJ” klubidan mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi va turnirni tark etdi.

Modrich 2012-yildan buyon “Real Madrid”da to‘p surdi. “Oqlar” bilan u to‘rt marta Ispaniya chempionati (2016/2017, 2019/2020, 2021/2022, 2023/2024), olti marta Chempionlar ligasi (2013/2014, 2016, 2015/212) g‘olibi bo‘lgan. 2017/2018, 2021/2022, 2023/2024), ikki marta Ispaniya kubogi (2013/2014, 2022/2023) va besh marta Ispaniya Superkubogi (2012, 2017, 2019/2020, 2021/202, 2021/202).