28.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Milan hujumchisi Chukvueze Fulxemga o’tishga yaqin – Calciomercato

Milan hujumchisi Chukvueze Fulxemga o’tishga yaqin – Calciomercato

“Fulxem” “Milan” hujumchisi Samuel Chukvuezening transferi ustida ishlamoqda. Bu haqda Calciomercato xabar berdi.

Klublar futbolchining transferini doimiy ravishda muhokama qilmoqda; yanvar oyida londonliklar futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishga harakat qilishgan, biroq rad javobini olishgan. Transfer narxi bonuslarni hisobga olgan holda 25 million yevroni tashkil qilishi mumkin; ayni damda tomonlar mumkin bo’lgan kelishuv tafsilotlarini muhokama qilmoqda.

Chukvueze ham avvalroq “Vilyarreal”da o‘ynagan; u Milan jamoasiga 2023 yilda kelib qo’shilgan.Transfermarkt ma’lumotlariga ko’ra, Nigeriya terma jamoasi futbolchisining hozirgi bozor qiymati 10 million yevroni tashkil qiladi. O’tgan klub mavsumida Samuel 36 ta o’yinda 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.