28.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Messining dubli Inter Mayamini Liga kubogi finaliga chiqishga yordam berdi

Messining dubli Inter Mayamini Liga kubogi finaliga chiqishga yordam berdi

Toshkent vaqti bilan 28-avgustga ertalab Fort-Loderdeyldagi (AQSh, Florida) “Cheyz” stadionida “Inter Mayami” va “Orlando Siti” o‘rtasidagi Liga kubogi yarim final uchrashuvi yakunlandi. Mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, turnir finaliga yo‘l oldi.
Birinchi bo‘limning qo‘shib berilgan vaqtida xorvatiyalik yarim himoyachi Marko Pashalich uchrashuvda hisobni ochdi. 75-daqiqada sloveniyalik himoyachi David Brekalo ikkinchi sariq kartochka olib maydondan chetlatildi. Oradan bir daqiqa o’tib mashhur hujumchi Lionel Messi penaltini aniq amalga oshirdi. 88-daqiqada Messi ispaniyalik himoyachi Xordi Albaning uzatmasidan gol urib, dublga erishdi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda venesuelalik yarim himoyachi Telasko Segoviya yakuniy natijani qayd etdi. Unga urugvaylik hujumchi Luis Suares yordam berdi.

Liga kubogi finalida Florida klubi Amerikaning “Los-Anjeles Gelaksi” va “Sietl Saunders” jamoalari o’rtasidagi o’yin g’olibi bilan uchrashadi.