13.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Messi MLS’da ikki ajoyib gol urdi, Inter Miami Nashvilleni mag’lub etdi

Messi MLS’da ikki ajoyib gol urdi, Inter Miami Nashvilleni mag’lub etdi

Lionel Messi MLS 2025 mavsum 23-tur doirasida Chase stadionida Nashville bilan o’yinda o’z mahoratini namoyish etdi — mezbon jamoa 2:1 hisobida g’alaba qozondi.

Argentina yulduzi 17-daqiqada noodatiy erkin zarba ijrosi bilan hisobni ochdi — to’pni ko’tarish o’rniga, Messi to’pni yerdan devor ostidan o’tkazib, darvozaning chap burchagiga kiritdi.

Nashville Hany Mukhtar goli bilan hisobni tenglashtirishga erishdi, ammo Lionel Messi 62-daqiqada raqib himoyachilarining xatosidan foydalanib, ikkinchi golini urib, Inter Miamini yana oldinga olib chiqdi.