13.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Messi g’ayrioddiy jarima zarbasini kiritdi, Inter Mayami MLS da Neshvillni mag’lub etdi

Messi g’ayrioddiy jarima zarbasini kiritdi, Inter Mayami MLS da Neshvillni mag’lub etdi

Lionel Messi Chase stadionida bo’lib o’tgan MLS 2025 ning 23-hafta o’yinida Inter Mayami Neshvill ustidan 2:1 hisobida g’alabaga olib chiqdi.

38 yoshli argentinalik super yulduz ushbu o’yinda mezbon jamoa uchun ikkala golni ham urdi.

17-daqiqada g’ayrioddiy jarima zarbasi orqali birinchi gol urildi — Messi odatdagidek tepadan oshirib emas, balki to’pni devor ostidan tepishni tanladi.

Jarima maydonining o’ng tomonidan urilgan zarba maysa ustidan sirpanib, Neshvillning darvozasi chap burchagiga kirib bordi.