29.05.2025
O'qish vaqti: 1 min

Meri Erps Angliya terma jamoasidagi faoliyatini kutilmaganda yakunladi

Meri Erps Angliya terma jamoasidagi faoliyatini kutilmaganda yakunladi

ESPN xabar berishicha, Meri Erps yozgi Yevropa chempionatiga olti hafta qolganda Angliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlab iste’foga chiqishini e’lon qildi va bu hamma uchun kutilmagan qaror bo’ldi.

Angliya terma jamoasi murabbiyi Sarina Vigman matbuot anjumanida bu xabardan xafaligini bildirdi.

“Men xafaman va tushkunlikdaman. Uning Angliya uchun qo’shgan ulkan hissasi tufayli uni jamoada qolishini xohlayman,” deya ta’kidladi.

“Bu juda ta’sirli, chunki bizda munosabatlar bor va biz birgalikda ko’plab yutuqlar va ba’zi qiyinchiliklarni boshdan kechirganmiz — bu vaziyat juda og’irik qiladi,” deya qo’shimcha qildi Vigman.

13 ta o’yin o’tkazgan Xanna Xempton asosiy darvozabon vazifasini o’z zimmasiga oladi. Shu bilan birga, zaxiradagi darvozabonlar Kiara Kiting va Anna Murxaus Angliya terma jamoasi safida hali o’ynamagan.

Angliya terma jamoasi sardori Lia Vilyamson jamoadoshiga ma’naviy qo’llab-quvvatlash bildirdi.

“Men juda xafaman, chunki men uni yaxshi ko’raman va u bilan jamoadosh bo’lishni yaxshi ko’raman. Uning Angliya formasini kiyish tarzi hammamiz uchun namuna,” deya ta’kidladi Vilyamson.

Erps ilgari Angliyaning muvaffaqiyatlarida muhim rol o’ynagan va 2022 yilgi Yevropa chempionatidagi g’alaba va 2023 yilgi Jahon chempionati finalida asosiy darvozabon bo’lgan.

-->