30.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Medison Keys Elena-Gabriela Ruseni mag’lub etib, Uimbldon-2025ning ikkinchi bosqichiga chiqdi

Medison Keys Elena-Gabriela Ruseni mag’lub etib, Uimbldon-2025ning ikkinchi bosqichiga chiqdi

Dunyoning sakkizinchi raketkasi amerikalik tennischi Medison Keys “Uimbldon-2025”ning ikkinchi bosqichiga yo’l oldi. Musobaqa startida u ruminiyalik Elena-Gabriela Ruseni 6:7 (4:7), 7:5, 7:5 hisobida mag’lub etdi.

O’yin 2 soat 41 daqiqa davom etdi. Uchrashuv davomida Keys beshta eysni bajardi, beshta qo’sh xato amalga oshirdi va to’plagan 13 ta breyk-poyntning yettitasini yenga oldi.

Ruse ikkita eys, beshta qo’sh xato va to’plagan 11 breyk-poyntning beshtasini ochkoga aylantirdi.

Medison Keys navbatdagi bahsda serbiyalik tennischi Olga Danilovichga qarshi bahs olib boradi.

“Uimbldon-2025” musobaqasining ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslari 30 iyundan 12 iyulga qadar davom etadi.