07.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Mbappe o’tgan yili Fransiya terma jamoasidagi faoliyatin yakunlashga oz qoldi

Mbappe o’tgan yili Fransiya terma jamoasidagi faoliyatin yakunlashga oz qoldi

Get French Football News ma’lumotiga ko’ra, Kylian Mbappe o’tgan yili noyabr oyida Les Bleus tarkibidan chetlashtirilganidan so’ng Fransiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashiga oz qolgan.

26 yoshli Real Madrid hujumchisi UEFA Millatlari Ligasi o’yinlari uchun futbolchilar ro’yxatiga kiritilmagan va Fransiya B guruhida Isroil va Italiya bilan o’yin o’tkazishi rejalashtirilgan edi.

Dastlab Pari Sen-Jermenning sobiq yulduzi ishtirok etmasligi murabbiy Didie Descham qarori ekanligi haqida mish-mishlar tarqalgan bo’lsa-da, aslida bu Mbappening shaxsiy qarori bo’lgan.

Ushbu qiyin davrda Monako akademiyasi bitiruvchisi terma jamoadan nafaqaga chiqishni o’ylagan. Ammo Descham bilan maxsus suhbatdan so’ng o’z qarorini o’zgartirgandi.

-->