26.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Marsel Real bilan yarim himoyachi transferi bo’yicha muzokaralarni boshladi – Romano

Marsel Real bilan yarim himoyachi transferi bo’yicha muzokaralarni boshladi – Romano

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Daniel Sebalos faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Insayder Fabritsio Romanoning X ijtimoiy tarmog’ida xabar berishicha, futbolchining xizmatlariga Marsel qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko’ra, Sebalos jamoaning yarim himoya chizig’ini kuchaytirishni rejalashtirgan fransuz klubi uchun “orzudagi transfer” hisoblanadi. Qayd etilishicha, “Real” va “Marsel” o‘rtasida dastlabki muzokaralar allaqachon bo‘lib o‘tgan.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv oson bo‘lmaydi, ammo “Marsel” transferni sotib olish huquqi bilan ijara ko‘rinishida amalga oshirishga harakat qiladi. Eslatib o’tamiz, avvalroq frantsuz klubi yarim himoyachi Adrien Rabyoni transferga qo’ygani haqida xabar berilgandi.