28.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Markus Rashford Yaponiyada Barselona uchun debyutda yorqin o’yin ko’rsatdi

Markus Rashford Yaponiyada Barselona uchun debyutda yorqin o’yin ko’rsatdi

Markus Rashford Yaponiyaning Noevir stadionida Vissel Kobega qarshi 3:1 hisobidagi g’alaba bilan yakunlangan mavsumoldi o’yinida Barselona safida muvaffaqiyatli debyut qildi.

Hansi Flik boshchiligidagi Barselona — Erik Garsiya, Runi Barji va Pedro Fernandes Sarmento gollari evaziga ajoyib o’yin namoyish etdi. Mezbon jamoa faqat Taysey Miyashiro goli bilangina javob qaytara oldi.

Manchester Yunaytedning sobiq hujumchisi ikkinchi taym boshida maydonga tushdi — darhol Barselona hujum chizig’idagi yangi sheriklar bilan yaxshi o’zaro aloqani namoyish etdi.

-->