08.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Marca: UEFA Flikni bitta o’yinga diskvalifikatsiya qildi va uni 20 000 evro jarimaga tortdi

Marca: UEFA Flikni bitta o’yinga diskvalifikatsiya qildi va uni 20 000 evro jarimaga tortdi

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flikni umumiy xulq-atvor tamoyillari va munosib xulq-atvorning asosiy qoidalarini buzgani uchun 20 ming yevro miqdorida jarimaga tortdi hamda UEFA klublari musobaqalaridagi bir o‘yinga diskvalifikatsiya qildi, deb xabar bermoqda Marca.

Manbaga ko‘ra, Flikning yordamchisi Markus Sorg ham xuddi shunday jazoga tortilgan.

O‘tgan mavsumda Flik shogirdlari Chempionlar ligasining yarim finaliga qadar yetib borgan va u yerda “Inter”ga umumiy hisobda 6:7 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Musobaqaning final uchrashuvida “neradzurri” “PSJ”ga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.