21.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Marca: Atletiko Madrid yarim himoyachisi Baena jarohati tufayli ikki haftaga safdan chiqdi

Marca: Atletiko Madrid yarim himoyachisi Baena jarohati tufayli ikki haftaga safdan chiqdi

Madridning “Atletiko” klubi yarim himoyachisi Aleks Baena La Liganing 1-turida “Espanyol”ga qarshi o‘yinda (1:2) son mushaklaridan jarohat oldi, deb xabar bermoqda Marca.

Klub yarim himoyachi sport zalida fizioterapiya mashg’ulotlari va reabilitatsiya mashg’ulotlarini o’tashi, maydonga qaytish vaqti uning sog’lig’iga bog’liq bo’lishini malum qildi.

Baena «Atletiko»ga 2025 yilning iyul oyi boshida «Vilyarreal»dan kelib qo’shilgandi.

Manbaga ko’ra, 24 yoshli ispaniyalik futbolchi ikki haftani o’tkazib yuboradi. Xususan, u Ispaniya terma jamoasiga JCh-2026 saralashi doirasidagi Bolgariya va Turkiyaga qarshi o‘yinlarda yordam bera olmaydi.