09.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

“Manchester Yunayted” yoz tugaguniga qadar yana ikki futbolchini sotib olishi mumkin – The Telegraph

“Manchester Yunayted” yoz tugaguniga qadar yana ikki futbolchini sotib olishi mumkin – The Telegraph

«Manchester Yunayted» 1-sentabrda yopiladigan yozgi transfer oynasi tugaguniga qadar yana ikki futbolchini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi The Telegraph.

Manba bergan xabarga ko’ra, “qizil iblislar” bosh murabbiyi Ruben Amorim yangi darvozabon va himoyachi yarim himoyachi sotib olmoqchi.

Mankunianliklar “Brayton” yarim himoyachisi Karlos Balebani sotib olish bo’yicha potentsial kelishuv narxini o’rganishdi. Avvalroq, «Manchester Yunayted» «PSJ» darvozaboni Janluidji Donnarumma va «Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martinesga qiziqish bildirayotgandi. Ta’kidlanishicha, klubning keyingi transferlari ko’p jihatdan mavjud futbolchilarni sotishga bog’liq.

Ushbu yozda ingliz grandi hujumchilar Matey Kunya, Brayan Mbemo va Benjamin Seskoni sotib oldi.