30.05.2025
O'qish vaqti: 1 min

Manchester Yunayted o’rtoqlik o’yinda Hong Kongni 3:1 hisobi bilan mag’lub etdi

Manchester Yunayted o’rtoqlik o’yinda Hong Kongni 3:1 hisobi bilan mag’lub etdi

Ruben Amorim boshchiligidagi Manchester Yunayted may oyida o’tkazilgan o’rtoqlik uchrashuvda Hong Kongni 3:1 hisobi bilan mag’lub etdi.

Mezbon jamoa 20-daqiqada Hong Kong Reynjersning sobiq o’yinchisi — Juninyo goli hisobiga hisobda oldinga chiqdi. Biroq, Yunayted ikkinchi taymda Chido Obining ikkita va Ayden Hevenning qo’shimcha vaqtdagi gollari evaziga hisobni o’z foydasiga o’zgartirdi. Yakuniy hisob 3:1 MY foydasiga.

Ushbu g’alaba bir necha kun oldin ASEAN yulduzlaridan uyatli mag’lubiyatdan so’ng malham bo’ldi. Biroq, yozda klubni tark etishi kutilayotgan ikki asosiy o’yinchi — Bruno Fernandesh va Alexandro Garnachoning kelajagi borasida xavotirlar mavjud.

Saudiya Pro-ligasi klubi Al Hilol kelgusi oydagi klublar o’rtasida o’tadigan jahon chempionatidan oldin Fernandeshni o’z safiga qo’shib olmoqchi. Yunayted jamoasi kapitani sotilmasligini ta’kidlasa-da, Saudiya klubi 30 yoshli futbolchi uchun katta taklif bilan inglizlarni ko’ndira olishiga ishonmoqda.

-->