02.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Manchester Yunayted hujumini kuchaytirish uchun Viktor Osimhenni nishonga oldi

Manchester Yunayted hujumini kuchaytirish uchun Viktor Osimhenni nishonga oldi

Manchester Yunayted Napoli hujumchisi Viktor Osimhenni yangi hujumchi sifatida nishonga oldi  Bu Liam Delapning Chelsiga o’tish qaroridan so’ng paydi bo’ldi.

26 yoshli hujumchi Qizil Iblislar hujum chizig’ida maksimal natija ko’rsata olmagan Rasmus Hoylundning o’rnini egallashi kutilmoqda.

Osimhen bu mavsumda Galatasarayda ijara davomida o’zining gol urish qobiliyatini isbotladi va barcha musobaqalarda 41 ta o’yinda 37 ta gol urdi.

Napoli sobiq Lille hujumchisini kelasi yozgi transfer oynasida sotishga tayyor ekanligi xabar qilinmoqda, bu esa Manchester Yunaytedga uning xizmatlarini tegishli narxda olish imkoniyatini yaratadi.

-->