16.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Manchester United 2025-26 mavsumi uchun Snowflake dizaynli gostlar formasini taqdim etdi

Manchester United 2025-26 mavsumi uchun Snowflake dizaynli gostlar formasini taqdim etdi

Manchester United 2025-26 mavsumi uchun gostlar formasini taqdim etdi — zamonaviy va nafis elementlar bilan bezatilgan oq rangdagi dizayn.

Yangi forma klubning 1990-92 yillardagi klassik dizayniga hurmat bajo keltiradigan “qor parchalari” naqshini o’z ichiga oladi. Mashhur qor parchalari naqshi endi kattaroq o’lchamda butun forma bo’ylab joylashgan — yaltiroq metall rang tusidagi lilac rang bilan bezatilgan.

Minimalistik forma dizayni yelka va V-shaklidagi yoqa qismida to’q olxo’ri rangli bezaklar bilan boyitilgan. Ushbu uyg’un rang kombinatsiyasi — klubning merosini hurmat qilgan holda zamonaviy ko’rinishni yaratadi.