27.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Manchester Sitiga egalik qiladigan “City Football Group” O’zbekistonda o’z klubiga ega bulishi mumkin

Manchester Sitiga egalik qiladigan “City Football Group” O’zbekistonda o’z klubiga ega bulishi mumkin

Bu haqda MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov ma’lum qildi. Unga ko’ra, Abduqodir Husanov transferidan so’ng o’zbek futboliga qiziqish kuchaygan va ayni paytda klublardan birini City Football Group tarkibiga kiritish bo’yicha muzokaralar olib borilmoqda. Ammo Otabek Umarov bu qaysi klub ekanligini aniqlamadi.

Malumot uchun, Mansur Al Nahayonga tegishli “City Football Group” futbol xoldinglari tarkibiga “Baya” (Braziliya), “Lommel” (Belgiya), “Nyu-York Siti” (AQSh), “Melbourn Siti” (Avstraliya), “Montevideo Siti” (Urugvay), “Jirona” (Ispaniya), “Yokagama Marinos” (Yaponiya”) “Troua” (Fransiya), “Mumbai Siti” (Hindiston), “Chichuan Junyu” (Hitoy) kabi klublar, guruh, hamkor-klublar “Bolivar” (Bolivia), “Palermo” (Italy) kiradi.