15.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Manchester Siti Savioni Tottenxemga 70 million yevroga sotishdan bosh tortdi – Globo

Manchester Siti Savioni Tottenxemga 70 million yevroga sotishdan bosh tortdi – Globo

“Manchester Siti” “Tottenxem”ning 21 yoshli vinger Savio bo’yicha 70 million yevrolik taklifini rad etdi, deb xabar beradi Globo.

Manba bergan xabarga ko’ra, tomonlar ayni damda braziliyalik futbolchining kelajagi borasida muzokara olib borishmoqda.

Savio “Manchester Siti”ga 2024 yilning yozida kelib qo’shilgan edi. Bu davrda hujumchi barcha turnirlarda 48ta o’yin o’tkazib, 3ta gol urgan va 13ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo’ljallangan.Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko’ra, futbolchining bozor narxi 50 million yevroni tashkil qiladi.