31.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Manchester Siti safarda Braytonga imkoniyatni boy berdi, Xusanov maydonga tushdi

Manchester Siti safarda Braytonga imkoniyatni boy berdi,  Xusanov maydonga tushdi

Angliya premyer-ligasining 3-turidan o‘rin olgan “Brayton Albion” hamda “Manchester Siti” klublari to‘qnash keldi. Final hushtagi yangraganidan keyin 2:1 hisobi mezbonlar foydasiga hal bo’ldi. Jamoalar “American Express” stadionida (Brighton & Hove) o’ynashdi. Uchrashuvni Darren England boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi.

Ushbu o’yinning 34-daqiqasida Erling Xoland hisobni ochdi va “shaharliklar”ni oldinga olib chiqdi. 67-daqiqada Jeyms Milner penaltini golga aylantirdi va tablodagi tenglikni qaytardi. Brayan Gruda 89-daqiqada “Brayton”ga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Mazkur bahsda o’zbekistonlik Abduqodir Xusanov 85 daqiqa maydonda harakat hilib sari kartochka bilan jazolandi.

Ushbu o’yindan keyin “Brayton” to’rt ochko bilan Premer-liga turnir jadvalida 10-o’rinda bormoqda. “Shaharliklar” uch ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

Keyingi turda “Brayton” 13-sentabr kuni safarda “Bornmut”ga qarshi o‘ynaydi, “Manchester Siti” esa 14-sentabr kuni “Manchester Yunayted”ni qabul qiladi.