14.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Manchester Siti futbolchisi Rayan Cherkiga Aguero va Jeko o’ynagan raqam berilgan

Manchester Siti futbolchisi Rayan Cherkiga Aguero va Jeko o’ynagan raqam berilgan

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Rayan Cherkiga oldin hujumchilar Serxio Aguero va Edin Jeko hamda yarim himoyachi Jek Grilish kiyib to’p surgan 10-raqamli libos berildi.

“Manchester Siti” 10 iyun kuni Cherki transferini e’lon qildi. 21 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma 2030 yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Rayan 2020 yildan 2025 yilgacha “Lion”da o’ynagan. Bu davrda u barcha musobaqalarda 185 ta o‘yin o‘tkazib, 29 ta gol urdi va 45 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O’tgan mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 44ta o’yinda qatnashib, 12ta gol urgan va 20ta golga assistentlik qilgan.

Nufuzli Transfermarkt internet portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, futbolchining bozor qiymati 45 million yevroni tashkil qiladi.