15.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Manchester Siti Puma bilan 2035 yilgacha ulkan shartnomani uzaytirdi

Manchester Siti Puma bilan 2035 yilgacha ulkan shartnomani uzaytirdi

Manchester Sity Puma bilan 2035 yilgacha davom etadigan 1 milliard funt sterlinglik shartnomani uzaytirishni e’lon qildi. Yillik shartnoma qiymati 100 million funt sterlingni tashkil etib, avvalgi 65 million funtlik kelishuvdan sezilarli darajada oshdi.

Bu tarixiy kelishuv Angliya klublari orasidagi kiyim-kechak shartnomasi rekordini yangiladi — Manchester Yunaytedning Adidas bilan tuzgan 900 million funtlik shartnomasini ortda qoldirdi.

“Biz Puma bilan o’zimizni sinash va kutilganidan ham yuqori natijalarga erishish maqsadida birlashdik. Biz so’nggi olti mavsumda bunga va undan ham ko’proq narsalarga erishdik,” dedi City Football Group (CFG) bosh direktori Ferran Soriano.

Puma boshqa CFG klublar — Melbourn Siti, Jirona, Palermo va Mumbai Siti bilan ham hamkorlik qilmoqda. Manchester Siti avgust oyida CFG tarkibidagi Palermo bilan o’rtoqlik uchrashuvda maydonga qaytishi rejalashtirilgan.