19.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

“Man Siti”ning yetakchi futbolchisi boshqa klublar bilan muzokaralar olib bormoqda – Football Insider

“Man Siti”ning yetakchi futbolchisi boshqa klublar bilan muzokaralar olib bormoqda – Football Insider

“Manchester Siti”ning 30 yoshli yarim himoyachisi Bernardu Silvaning manfaatlarini himoya qiluvchi taniqli agent Xorxe Mendes boshqa klublar bilan muzokaralarni boshladi, chunki futbolchi haligacha 2026 yilning yozida tugaydigan shartnomasini uzaytirish bo’yicha taklif olmagan, deb xabar beradi Football Insider.

Manbaga ko’ra, Mendes portugaliyalik yarim himoyachi erkin agent sifatida qo’shilishi mumkin bo’lgan jamoalar bilan variantlarni o’rganmoqda. Ta’kidlanishicha, “Shaharliklar” Silvani shu yozda sotishni rejalashtirmayapti.

Portugaliyalik futbolchi 2017-yildan buyon “Manchester Siti” tarkibida to‘p suradi. O‘tgan mavsumda Silva barcha turnirlarda 52ta o‘yin o‘tkazib, 6ta gol urdi va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko’ra, futbolchining bozor qiymati 38 million yevroni tashkil qiladi.

-->