08.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Man Siti mavsumoldi o’yini uchun Italiyadagi ‘qarindoshlari’ bilan uchrashadi

Man Siti mavsumoldi o’yini uchun Italiyadagi ‘qarindoshlari’ bilan uchrashadi

Manchester Siti Sitsiliyaga City Football Group (CFG) mulkchiligidagi Italiya Seriya B jamoasi Palermo FK bilan uchrashish uchun yo’l oladi.

Anglo-Palermitan Trophy nomi ostida o’tkaziladigan do’stona uchrashuv 9 avgust 2025 yilda Renzo Barbera stadionida — Palermo FKning 125 yillik yubileyi munosabati bilan bo’lib o’tadi.

Pep Gvardiola Palermoning yangi murabbiyi, uch hafta oldin jamoaga qo’shilgan sobiq Milan hujumchisi Filippo Indzagi bilan bellashadi.

“CFG a’zo klublarining bu tarixiy uchrashuvini faxr bilan e’lon qilamiz,” dedi CFGning global futbol texnik direktori Rikkardo Bigon. “Bu o’yin futbolchilarga mavsumoldi tayyorgarligini davom ettirish va murabbiylar o’z g’oyalarini amalga oshirish uchun muhim imkoniyat yaratadi.”