10.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Man Siti Jahon klublar kubogi uchun maxsus transfer oynasida tez harakat qilmoqda

Man Siti Jahon klublar kubogi uchun maxsus transfer oynasida tez harakat qilmoqda

Manchester Siti FIFA tomonidan 2025 yilgi Jahon klublar kubogi ishtirokchilari uchun ochilgan maxsus transfer oynasidan foydalanmoqda — o’yinchilarni ro’yxatga olish muddati 1-10 iyun oralig’ida.

Shaharliklar ro’yxatga olish muddati tugashidan oldin ikki transferni yakunladi — Tijjani Reynders Milan klubidan tibbiy ko’rikdan o’tdi va Volverhempton Uonderersdan himoyachi Nayan Et-Nuri rasman e’lon qilindi.

Jazoir milliy terma jamoasi a’zosi Et-Nuri — yoshlik davrida Fransiya termasida o’ynagan va Vulves bilan Premier-ligadagi faoliyati davomida ajoyib natijalarni qayd etdi:

  • 135 ta o’yin
  • 9 ta gol
  • 15 ta assist
-->