16.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Malayziya CAFA Millatlar kubogi 2025 dan chiqdi

Malayziya CAFA Millatlar kubogi 2025 dan chiqdi

FAMning rasmiy veb-saytiga ko’ra, Malayziya milliy terma jamoasi Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan CAFA Millatlar kubogi 2025 musobaqasidan rasman chiqdi.

2025 yil avgust-sentyabr oylarida Tojikistonda o’tkazilishi rejalashtirilgan turnirda — dastlab sakkizta davlat ishtirok etishi kutilayotgan edi:

  • Afg’oniston
  • Eron
  • Qirg’iziston
  • Malayziya
  • Ummon
  • Tojikiston
  • Turkmaniston
  • O’zbekiston

FAM o’zining rasmiy veb-saytida e’lon qilgan bayonotida chiqib ketish sababini bildirdi — o’yin jadvali FIFA o’yin kunlari davridan tashqarida bo’lgani uchun ushbu qaror qabul qilindi.