01.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Madridning “Atletiko” klubi Aksel Vitselning jamoadan ketganini e’lon qildi

Madridning “Atletiko” klubi Aksel Vitselning jamoadan ketganini e’lon qildi

Belgiyalik himoyachi Aksel Vitsel Madridning “Atletiko” klubini tark etdi, deb xabar bermoqda futbol klubi sayti. 36 yoshli futbolchining “matraschilar” bilan shartnomasi yakuniga yetdi.

Vitsel 2022-yilning yozidan buyon “Atletiko”da o‘ynab, jamoa safida 116 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Ishonchingiz, ishtiyoqingiz va so’zsiz qo’llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur. Bu libosni kiyish sharaf edi va men faoliyatimning ushbu bosqichidagi alohida xotiralarni doimo eslayman”, – dedi Vitsel.

Vitsel avvalroq Belgiyaning “Standard”, Portugaliyaning “Benfika”, Sankt-Peterburgning “Zenit”, Xitoyning “Tyanszin Tsyuantszyan” va Dortmundning “Borussiya” klublarida to‘p surgan.

“Atletiko” himoyachi Reynildo Mandavaning ham jamoani tark etganini elon qildi.