08.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Lukas Chevalie PSJga o’tdi, uning narxi 40 million evrodan oshadi – Romano

Lukas Chevalie PSJga o’tdi, uning narxi 40 million evrodan oshadi – Romano

“Lill”ning fransiyalik darvozaboni Lukas Chevalie 40 million yevro evaziga “PSJ”ga o‘tadi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaning xabariga ko’ra, klublar o’rtasida frantsiyalik darvozabonning transferi bo’yicha kelishuvga erishilgan. Shartnoma besh yilga imzolanadi. Qayd etilishicha, tibbiy ko‘riklar shu haftada bo‘lib o‘tadi.

Parijliklar sport direktori Luis Kampos yaqin vaqt ichida jamoaning amaldagi darvozaboni Janluiji Donnarummani sotish niyatida ekani avvalroq xabar qilingandi.

O’tgan mavsumda Chevalie Liga 1da 34 ta o’yin o’tkazib, 11 ta o’z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Chempionlar ligasida darvozabon 10 uchrashuvda 13 ta gol o’tkazib yuborgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko’ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil qiladi.